Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Buyuk Britaniyaning nufuzli Oxford Business Group nashrida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “On the science-driven transformation of Uzbekistan’s agricultural sector” (“O‘zbekiston…

Buyuk Britaniyaning nufuzli Oxford Business Group nashrida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “On the science-driven transformation of Uzbekistan’s agricultural sector” (“O‘zbekiston…
qishloq xo‘jaligi sektorining ilm-fanga asoslangan transformatsiyasi”) sarlavhali intervyusi e’lon qilindi. Intervyuda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tarkibiy transformatsiya jarayonlari, jumladan, paxta maydonlarini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega meva-sabzavotchilik yo‘nalishlariga o‘tkazish, sug‘orish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yuqori talabga ega xalqaro bozorlarga chiqish uchun zarur sovutish zanjiri va sertifikatlash tizimlarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. ℹShuningdek, intervyuda qishloq xo‘jaligi qiymat zanjirlariga xalqaro va xususiy kapitalni jalb etishda ANORA platformasining o‘rni, ilm-fanga asoslangan yondashuvlar orqali qo‘shimcha xarajatlarsiz hosildorlikni oshirish imkoniyatlari hamda sovutish-logistika, agroqayta ishlash va raqamli fermer xo‘jaligi boshqaruvi yo‘nalishlaridagi investitsiya imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. Unda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sohada xususiy investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Intervyuning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.