Loyiha nomi:
Buzoqlarning ayrim biologik xususiyatlaridan foydalanib gо‘sht uchun intensiv о‘stirish texnologiyasini yaratish
Kutilayotgan natijalar:
1. Loyihaning tadqiqot ish uslubi va dasturida belgilangan tartibda Farg‘ona viloyati Furqat tumani Tomosha MFYdan tajribalar uchun aholi honadonlari belgilanib, tajriba guruhlari qoramollari tanlandi va rо‘yxatga olindi. Tajriba guruhlaridagi qoramollar uchun oziqlantirish ratsionlari ishlab chiqilib, loyiha mablag‘lari xisobidan xonadonlarga ozuqalar olib berildi. Oziqlantirish va parvarishlash lolyiha maqsadi asosida ta’minlandi
2. Ilmiy jihatdan asoslangan va iqtisodiy samarali bо‘lgan Janubiy Koreyaning «Total mixed ration» texnologiyasini aholi xonadonlariga hamda tomorqa xо‘jaliklariga joriy qilinishi sut va gо‘sht ishlab chiqarishni keskin oshishini ta’minlaydi. Mazkur texnologiyaning afzalliklari: birinchidan, tomorqa yerlarida yetishtiriladigan mahalliy ozuqalar va oshxona chiqitlaridan iborat aralashma ozuqa tayyorlash (maydalash, aralashtirish, namlash va h.) usuli vositasida marmarsimon gо‘sht yetishtirishni ta’minlaydi.
3. Xonadondagi urg‘ochi tanalarni tо‘ydirib oziqlantirish imkoniyati yaratiladi va ularni 350 kg-dan kam bо‘lmagan tirik vaznga yetkazalishi ta’minlanib, urug‘lantirish amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur mollar ilk bor tuqqanda sersut qilish tadbirlari о‘tkaziladi va ularning sut mahsuldorligi nazorat guruhidagi tengqurlariga nisbatan 1200-1500 kg-ga yuqori bо‘lishi ta’minlanadi.
Bajarish muddati:
2026-2027 yy
