CHORVACHILIK TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA NAVBATDAGI HAMKORLIK

Janubiy Koreya Respublikasining KOPIA Xalqaro markazi direktori Dr. Oh Sung Jong, Koreya Rural Development Administration (RDA) katta ilmiy xodimi Dr. Park ishtirokidagi delegatsiya
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi va o’zaro muloqot o’tkazildi.
Muloqotda Toshkent viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining, Yangiyo‘l tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Unda institut direktori Shuhrat Azizov respublikamizda chorvachilik ozuqa bazasini rivojlantirishda smart texnologiyalardan foydalangan holda sifatli go‘sht mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini (“Smart farm”) ishlab chiqish bo‘yicha loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida gapirib o'tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube