Chorvachilikdan mexanizatsiyagacha: O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikni kengaytirmoqda

Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakat agrar soha vakillari, tadbirkorlar va biznes doiralari ishtirokidagi forum qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni muhokama qilish hamda mavjud kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
ℹForumda ishtirok etish uchun Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrizo Nuri O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Forum arafasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov eronlik hamkasbi bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat agrar sohadagi hamkorligini rivojlantirish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube