Chorvachilikka xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida viloyat hokimligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida agrar va chorvachilik sohasi vakillari uchun “Chorvachilikni rivojlantirishda xalqaro investitsiyalar va ilmiy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda chorvachilik tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, naslli chorva mollarini import qilish, Jahon banki hamda boshqa xalqaro taraqqiyot banklarining imtiyozli kreditlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, sohada zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube