COP29: O‘zbekistonlik olim Orolbo‘yi mintaqasida agrar sohani rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlik natijalari xususida ma’ruza qildi

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ortib borayotgan global tahdidlar davlatlarni, xalqlarni o‘zaro birlashgan holda harakat qilishga undaydi. Shu kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) ayni maqsadlarga qaratilgan.
Ushbu konferensiyada Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurod Turdishev ham ishtirok etdi.
U konferensiyada Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro sho‘rlangan tuproqlar biodehqonchiligi xalqaro markazi (ICBA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish” loyihasi to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Bekmurod Turdishev o‘z ma’ruzasida ushbu loyiha hududda ekotizimni tiklash va qishloq xo‘jaligi amaliyotini takomillashtirishga yordam beruvchi innovatsion usullarni joriy etishga, shuningdek, SDG 17 (barqaror rivojlanish uchun hamkorlik) doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga qaratilganini qayd etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook