Dala_seminari

Dala seminarida KOPIA tashkilotining O'zbekistondagi markazi loyihasi doirasida Janubiy Koreyadan olib keltirilgan ushbu texnikalar yordamida sholi ekish jarayoni ko'rsatib berildi. "Yengil va qulay konstruksiyada yasalgan ushbu mashinalar katta joy egallamaydi, yoqilg'ini ham ko'p sarflamaydi" - dedi mutaxassislar. "O'z navbatida ishchi kuchini, maxsulot sarfini va eng asosiysi vaqtni tejaydi" - deya e'tirof etildi.
Shuningdek, ikkinchi maydonda quruqlikda sholi ekish mashinasi sinovdan o'tkazildi. Ushbu mashina oldindan tayyorlab olingan yerga sholi urug'ini xuddi g'alla ekish usulida ekib beradi. Bu ham resurs tejamkor bo'lib, urug' sarfini kamaytiradi. Ikkala texnika ham tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
KOPIA tashkilotining O'zbekistondagi markazi loyihasi doirasida Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga 31 turdagi qishloq xo'jaligi texnikalari, agregatlari va uskunalari olib kelinib, sinovdan o'tkazildi. Ularni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
Qayd etish lozim: loyiha doirasida Respublikamizning 5 ta hududidan tashrif buyurgan fermerlarga 50%ga arzonlashtirilgan sholi urug'lari taqdim etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube