Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dastlabki g'oliblar aniqlanmoqda

Dastlabki g'oliblar aniqlanmoqda
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan intellektual faoliyat yo‘nalishida o‘tkazilgan Surxondaryo viloyati hududiy tanlovida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori o‘rinbosari Xusniddin Mansurov tomonidan yaratilgan “Barqaror” mosh navi “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Tanlov davomida ilmiy ishlanmalarning innovatsion ahamiyati, amaliy qiymati hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq etish imkoniyatlari baholandi. “Barqaror” mosh navining ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishi dukkakli ekinlar seleksiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan samarali ilmiy izlanishlarning muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Xusniddin Mansurov respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, tegishli yo‘llanma bilan taqdirlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.