Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Dastlabki g'oliblar aniqlanmoqda

Dastlabki g'oliblar aniqlanmoqda

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan intellektual faoliyat yo‘nalishida o‘tkazilgan Surxondaryo viloyati hududiy tanlovida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori o‘rinbosari Xusniddin Mansurov tomonidan yaratilgan “Barqaror” mosh navi “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Tanlov davomida ilmiy ishlanmalarning innovatsion ahamiyati, amaliy qiymati hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq etish imkoniyatlari baholandi. “Barqaror” mosh navining ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishi dukkakli ekinlar seleksiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan samarali ilmiy izlanishlarning muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, XusniddinMansurov respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, tegishli yo‘llanma bilan taqdirlandi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.