Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

DASTLABKI MANZIL SABZAVOTCHILIK, POLIZ EKINLARI VA KARTOSHKACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI bo‘ldi. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan…

tadqiqotlar bilan tanishdi. Shuningdek, kartoshka urug‘chiligi sohasini takomillashtirish, uning mahalliy navlarini virusdan holi usulda yetishtirishda xorijiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Aziz Voitov tomonidan institutning yosh ilmiy xodimlari malakasini xorijda oshirish bo‘yicha tajribani faollashtirish ta’kidlandi. O‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi, Agrokimyo va o‘simliklar fizioligiyasi laboratoriyalari ko‘zdan kechirildi, davlat ilmiy texnik dasturi doirasida yangi loyihalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tizimdagi ilmiy-tajriba stansiyalarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Institut sabzavot, poliz, kartoshka ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish, ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish borasida ko‘p qirrali ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. Institut tarkibida Toshkent tajriba uchastkasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ilmiy-tajriba stansiyalari mavjud. НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZDAVOMI PASTDA

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.