Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin!

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Egamberdiyeva Saida Abdisamatovna yuksak davlat mukofoti — "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi. Yuksak davlat mukofoti Saida Abdisamatovnaning ko‘p yillik samarali mehnati, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi, ilmiy izlanishlari hamda kasbiga fidoyiligining yuksak e’tirofidir. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Saida Abdisamatovnani ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy faoliyati va shaxsiy hayotida ulkan zafarlar tilab qoladi! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.