Davlat mukofotlari muborak bo‘lsin!

Bugun davlatimiz rahbarining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Ular orasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan olimlarning borligi bizga albatta faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha olimlarimizni chin dildan muborakbod etamiz.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlar:
Tuxtakuziyev Abdusalim — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tuproqqa ishlov berish mashinalari laboratoriyasi mudiri.
Chariyeva Xilal Dustmuratovna — Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining intensiv navlar seleksiyasi laboratoriyasi mudiri, Surxondaryo viloyati.
“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganlar:
Abillayev Urazbay — Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Rashidova Dilbar Karimovna — Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining organik paxtachilik laboratoriyasi mudiri.
Farmon matni: https://president.uz/oz/lists/view/8758
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Web | Telegram | Facebook | Instagram