Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Davra_suhbati

Davra_suhbati
Ilm-fan va tadbirkorlik integratsiyasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida bo'lib o'tgan ushbu tadbirga Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar va Toshkent viloyatida o'z tadbirkorligi bilan nom taratgan tadbirkor ayollar ishtirok edi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. ⌛Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutilarida tadqiqot olib borayotgan olimalar o'z startap loyihalari bilan ishtirok etib, global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanishiga daxldor ilmiy-tadqiqot ishlari haqida taqdimot qildilar. Shuningdek, davra suhbatida Toshkent viloyati Parkent tumanida tashkil etilgan "Zarkent gavhari" fermer xo'jaligi rahbari Gavhar Rizayeva ham ishtirok etib, uzum yetishtirish va mayiz tayyorlashga ixtisoslashgan tadbirkorligi haqida taqdimot qildi. Tadbirkor Sadoqat Ashuraliyeva esa sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash borasida amalga oshirgan startup loyihasi haqida so'zlab berdi. Davra suhbatida agrar soha istiqbolida ilm-fan, innovatsiya va startuplarning muhimligi haqida fikr-mulohazalar aytildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.