Dehqonchilikning yangi turi

Bugun nafaqat ochiq maydonda balki gavjum shaharlarda ham dehqonchilik bilan shug‘ullanib, mahsulot yetishtirish mumkin.
Dehqonchilikning bu turini "vertikal dehqonchilik" deb atashadi.
Uni "quti dehqonchiligi" deb ham atash mumkin.
Negaki, o‘simliklar shahar muhitining istalgan joyiga, hatto balkonga ham joylashtirilishi mumkin bo‘lgan qutilarda o‘sadi.
O‘simlikning ildizlari suvda bo‘lganligi uchun ozuqa moddalarini o‘zlashtirishi oson bo‘ladi.
Shu sababli, dala dehqonchiligiga qaraganda 99% kamroq suv ishlatiladi.
Bizning kanalimizga obuna buling