Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Diqqat, e’lon!

Diqqat, e’lon!
2026-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirmoqchi bo‘lgan dehqon va fermerlar diqqatiga! Urug‘lik g‘alla yetishtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi! Endi kim sifatli, navdor va talablarga mos bug‘doy yetishtiraman desa — “E-urug‘” platformasi orqali ariza topshirishi mumkin. Muddat: 2025-yil 15-iyuldan 5-avgust, soat 18:00 gacha. Hamma ish onlayn: telefon yoki kompyuter orqali platformaga kirib, hujjatlarni yuklaysiz — navbat kutish, qog‘oz ko‘tarib yurish yo‘q! Tanlovda kim yutsa, o‘sha fermerga urug‘lik g‘alla ekish uchun maydon ajratiladi. Keyinchalik ustidan nazorat va ko‘mak bo‘ladi — tasodifiy emas, tizimli yondashuv! Shoshiling, vaqt chegaralangan! Siz ham “Urug‘ yetishtirish meniki!” deydigan bo‘lsangiz — imkoniyatni boy bermang. Qo‘shimcha ma’lumotlar va platformaga kirish bo‘yicha ko‘rsatmalar “E-urug’” axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari WWW   Facebook Instagram  Telegram    Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.