Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

DIQQAT E’LON!

DIQQAT E’LON!
#tanlov 8 mart- Xotin qizlar kuni munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar uchun Milliy markaz tomonidan “Agrar sohaning novator olimasi” tanlovi e’lon qilinadi! Siz Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi 12 ta ilmiy-tadqiqot institutlari yoki agroxizmatlar markazlaridan birida faoliyat yuritasizmi? O‘zingizni izlanuvchan va kreativ deb bilasizmi? Demak, bu tanlov aynan siz uchun! Tanlovning dastlabki saralashi tizim tashkilotlarida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bosqichda g‘olib deb topilgan bir nafar nomzod Milliy markazda bo‘lib o‘tadigan final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi! Tanlov shartlari juda oddiy! Buning uchun o‘z ilmiy faoliyatingiz haqida 5 daqiqadan oshmagan videorolik tayyorlab, tashkilot hakamlar hay’atiga taqdim etasiz! 28 fevral sanasidan boshlab videoroliklarning ovoz yig‘ish jarayonlari, Milliy markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali amalga oshiriladi. Baholash jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishning mazmun-mohiyati, dolzarbligi bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rishlar va munosabatlar (layk) soni ham hisobga olinadi! Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan uch nafar ishtirokchi Milliy markaz direktori sovriniga ega bo‘ladi! 1-o‘rin uchun – 10 mln so‘m va maxsus diplom; 2-o‘rin uchun 8 mln so‘m va maxsus diplom; 3-o‘rin uchun 5 mln so‘m va maxsus diplom. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.