Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Diqqat: sovuq, namlik, yogʻingarchilik

Diqqat: sovuq, namlik, yogʻingarchilik
Oʻzgidromet markazi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 10-12-sentyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyidan past namlikdagi salqin havo kirib keladi. 10-12-sentyabr kunlari Oʻzbekiston boʻylab baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzon koʻtarilishi kutilmoqda. 11-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamol tezligi 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11-senytabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12-sentyabr kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. 11-12-sentyabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati kechasi 10-13° iliq, kunduzi 25-28° issiq bo‘ladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.