diqqat_tanlov

ERONDA STAJIROVKA!
O‘zbekistonlik yosh olimlar Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti (AREEO)da stajirovka o‘tashlari uchun tanlov e’lon qilindi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2025-yilning 31-may (mazkur sanada ham qabul qilinadi) sanasiga qadar faqatgina “internship.ilmiy.uz” xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilishi lozim.
Tanlov g‘olibi bo‘lgan 20 nafar yosh olim 2025-yil davomida AREEOga stajirovkaga yuboriladi.
Batafsil
Ma’lumot uchun telefon: +99871 203-32-23 (656).
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube