DNK kodlari orqali o‘simliklarning yangi turlarini aniqlash

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining YouTube platformasidagi sahifasida “O‘simlik yangi turlarini aniqlashda DNK kodlarining ahamiyati” nomli ko‘rsatuv e’lon qilindi.
Unda akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutida molekulyar genetika yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, xususan, o‘simliklarning yangi turlarini aniqlash hamda ularning genetik xususiyatlarini o‘rganishda DNK tahlillarining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
Ko‘rsatuvda mutaxassislar tomonidan zamonaviy molekulyar usullar yordamida o‘simliklarning genetik xilma-xilligini o‘rganish, yangi va istiqbolli navlarni aniqlash hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot beriladi.
Ko‘rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
(https://youtu.be/mK36KM6Mu7Q?si=QEWhR6tfba6gEIi0)
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube