Doktorantlar kuni”ning galdagi taqdimochisi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti Ra’no Ibodullayeva

Uning tadqiqot mavzusi: "Sholidagi
poya zararkunandalarini biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga
qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini yaratish".
Mavzuning maqsadi: Sholi agrobiosenozidagi poya zararkunandalarini bioekologiyasi va tur tarkibini aniqlash ularning rivojlanish dinamikasi va iqtisodiy zarar keltirish mezonini tadqiq etish asnosida ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini yaratish iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
sholi agrobiosenozida uchraydigan poya zararkunandalarini tur tarkibini aniqlangan holda, ularning orasidan dominantini belgilash;
zararkunandalarni biologik xususiyatlarini o‘rganish (qishlash fazasi, nechta avlod berishi, oziqlanish, zarari va b.)
poya zararkunandalariga qarshi agrotexnik, kimyoviy hamda mikrobiologik qarshi kurash tadbirlarni belgilash;
zararkunandalariga qarshi zamonaviy kimyoviy hamda mikrobiologik vositalarni tanlash hamda ularni qo‘lash muddat va me’yorlarini belgilash;
tajribada qo‘llanilgan kimyoviy vositalarning biologik samaradorlini aniqlash;
sholi maydonidagi poya zararkunandalariga qarshi kurashning xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi.
sholidagi poya zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yaratish.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube