Doktorantlar_kuni

Bugun "Doktorantlar kuni" seminarida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ishtirok etdi. Unda institutning 1-bosqich tayanch doktoranti Adhamjon Uzoqov “Sholini mexanizatsiya yordamida ekishda qator orasi va ko‘chat qalinligining don hosildorligi va sifatiga ta’siri” mavzusida olib borayotgan ilmiy tadqiqotining ilk natijalari haqida ma'lumot berdi.
Doktorant sholi yetishtirishda ekish usullari, sxemalari va ko‘chat qalinligining don hosildorligi hamda sifatiga ta’sirini o'rganish uchun “Sadaf” va “Iskandar” navlari tanlab olgan.
Dala tajribalari Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining 0,40 ga maydoniga o'tkazilmoqda. Yosh olim tajribadagi har bir navni 9 ta variantda, 4 qaytariq, 72 ta delyankada joylashtirilib chiqganini aytib o'tdi. Milliy markaz ekspertlar jamoasi tadqiqotchiga muhim tavsiyalar berib, mahalliy va xorijlik olimlarning ayni yo'nalishda olib borgan tadqiqotlarini chuqur o'rganish lozimligini ta'kidladi.
⌛Videokonferens aloqa shaklida seminarda qatnashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Abdurahmon Mamatqulov "Lalmikor maydonlarda no'xotning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish texnologiyalarning ta'siri" mavzusida olib borayotgan tadqiqoti haqida axborot berdi. Ekspertlar olimga mavzuga oid zarur tavsiyalar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube