Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
Behi seleksiyasi uchun birlamchi manbalar ajratib olish Bugun "Doktorantlar kuni"da O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti III bosqich tayanch doktaranti  Akmal Xoliqov "Behining jahon genofondidan foydalanish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish" mavzusida olib borayotgan tadqiqoti natijalari bilan Milliy markaz ekspertlar guruhini tanishtirdi. Tadqiqotning asosiy maqsadi behi seleksiyasi uchun turli muddatlarda pishadigan, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, meva sifati yuqori, serhosil, qurg’oqchilikka va issiqqa chidamli bo‘lgan namunalarni birlamchi manbaalar sifatida ajratib olishdan iborat. Yosh olim 33 ta nav va namunalari qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalalarida mavjud navlarni morfo-biologik xususiyatlari va xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganayotganini ma'lum qildi. ⌛Ekspertlar mavzu yo'nalishini yanada aniqlashtirish, hududlarni to'g'ri belgilash va o'tkazilgan tahlillarni qayta ko'rib chiqish bo'yicha tavsiyalar berishdi. Bugungi seminarda videokonferens aloqa orqali Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti G'olibjon Mirzabdullayev ham taqdimot qildi. U kuzgi yumshoq bug‘doyning mahalliy yangi navlarini yakka tanlash hamda duragaylash asosida yaratish borasida tadqiqot olib bormoqda. Yosh olim tuproq iqlim sharoitlariga mos, tashqi muhitning noqulay omillariga bardoshli, kasallik va zararkunandalarga chidamli, hosildorligi, don texnologik sifat ko‘rsatkichlari yuqori yangi mahalliy kuzgi bug‘doy navini yaratishni maqsad qilgan. Onalik shakli uchun “Andijon-2”, otalik shakli uchun esa “Kontata” navini tanlab olib, mahsuldorligi va don texnologik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, noqulay tashqi muhit omillariga hamda kasalliklarga dala sharoitida chidamli AS-2010-D21 liniyasi “Turon-1” navi sifatida Davlat nav sinoviga topshirganini ma'lum qildi. Ekspertlar ushbu ishni amaliy jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilganini ta'kidlab nazariy asoslar bilan isbotlash lozimligini qayd etdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.