Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
#SPEvaKITI ⌛Sog'lom taomlanish uchun kunlik ratsionimizning 350-400grammni sabzavot va ko'katlar tashkil etishi lozim. Demak, qishloq xo'jaligida eng ko'p yetishtiriladigan va eksportbop mahsulotlar ham aynan sabzavotlardir. Bu yo'nalishda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari zimmasida katta mas'uliyat bor. Bugun Milliy markazda bo'lib o'tgan "Doktorantlar kuni"da yosh olimlarning bu borada qilayotgan ishlari taqdimot qilindi. Institutning 3-bosqich tayanch doktorant Jamil To'rayev pomidor duragaylarini yaratish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqoti natijalari haqida ekspertlarga ma'lumot berib o'tdi. ‼"Avvalo, duragay yaratish borasida qanday muammo bor?- degan savolga to'xtalsam, pomidorning geteroz duragaylari oddiy navlardan erta pisharligi, mevalarning tengligi, sifati, kasalliklarga chidamliligi bilan iqtisodiy jihatdan ustun sanaladi. Duragay pomidor urug'ini ishlab chiqarish juda qimmat va ko'p vaqt talab qiladigan jarayon bo'lib, unda barcha mehnat harajatlarining qariyb 70 foizi kastratsiya, gullarni izolyatsiya qilish va o'simliklarni markalashga sarflanadi. Shu munosabat bilan olimlarning sa'y-harakatlari duragay urug'larni ishlab chiqarishni soddalashtirish va arzonlashtirish yo'llarini izlashga qaratilgan"-dedi doktorant Jamil To'rayev. Tadqiqotchi ishini ekspertlar amaliy jihatdan qoniqarli deb baholadi, biroq nazariya ustida ishlash lozimligini ta'kidlashdi. Ikkinchi taqdimotchi Jasur Rahmatullayev esa "Kartoshkaning germoplazmalardan foydalangan holda ultra ertapishar navini yaratish" ustida tadqiqot olib bormoqda. Yosh olim “in vitro” usulida kartoshkaning "Pskom", "L-1", "L-2", "L-5", "Toshkent-65" nav namunalarining 200 donadan mikro tuganaklar ajratib olib, fitotron kamerasida ekib umumiy hisobda 2905 dona mini tuganaklar ajratib olgan. Shundan 244 kg super-super elita kartoshka urug‘i yetishtirgan. Ushbu tadqiqotchi ishida ham ilmiy-tadqiqot ishi amaliy jihatdan yaxshi olib borilayotgani, biroq nazariya chuqur o'rganilmayotgani tanqid etildi. Ilm avvalo nazariy asoslangan rejalar, maqsad va vazifalar ustiga qurilishi lozimligi haqida fikr mulohazalar bildirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.