Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
Bugun "Doktorantlar kuni" seminari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy izlanuvchilari bilan bo'lib o'tdi. Institutdan ikki nafar tadqiqotchi o'zlarining ilmiy ishidan olingan natijalari haqida so'zlab berdi. Doktorant Malohat Yusupova “Shimoliy mintaqalardagi sho’rlangan yerlarga mos urug’ mevalilar ko’chatlarini yetishtirish va bog’larning hosildorligini oshirish texnologiyasini ilmiy asoslash” mavzusida ilmiy ish qilmoqda. U Xorazm viloyati sharoitida vegetativ yo’l bilan ko’paytirilgan olma, nok va behi ko’chatlaridan intensiv bog’lar tashkil etish, hamda meva sifatini va hosildorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Ekspertlar tadqiqot natijalarini parametr va sxemalar asosida ilmiy asoslashini, ish ustida yanada diqqat bilan ishlashi bo'yicha tavsiyalar berishdi. Tayanch doktorant Hasan Niyozov esa “Anorni agrobiologik, texnologik xususiyatlari va biologik faol moddalar ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy tadqiqotidan olingan dastlabki natijalari haqida taqdimot qildi. Maqsad, anor navlarining agrobilogik, texnologik xususiyatalarini baholash va anor mevasidan biologik faol moddalar tarkibiga kiruvchi elagviy kislota olish texnologiyasini ishlab chiqish. Anor navlarining po‘stidan BFMlar - elagik kislota, antotsian, katexin, taninlar kabi tabiiy birikmalar ajratish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. ⌛ Ekspertlar doktorantlar ishini tanqidiy tahlil qilib, yanada mustahkamlash va takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berishdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.