Doktorantlar_kuni

Doktorantlar kuning bu galgi taqdimotchilari Genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituting tayanch doktorantlari.
Tayanch doktorant Dilnoza Norboyeva “Tritikale o‘simligining qurg‘oqchilikka chidamliligining fiziologik manbalarini o‘rganish” mavzusidagi olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarini ekspertlarga so'zlab berdi.
Yosh olima tritikale nav namunalarining qurg‘oqchilikka chidamliligini va ayrim fiziologik omillarini o‘rganishni maqsad qilgan. U tadqiqot davomida o'simlikni laboratoriya sharoitida nav urug'larini qurg‘oqchilikga chidamliligi aniqlash orqali o‘sish, rivojlanish, fenologik ko‘rsatkichlari, bargda fotosintez faoliyati, transpiratsiya va farqlari kuzatib borganini ta'kidladi.
⌛Tadqiqotining xulosasiga ko'ra tritikalening Kumushsimon Praga, Sardor, PRAO-2 navlari tizimi qurg'oqchilikka chidamli deya baholamoqda Dilnoza Norboyeva.
Yana bir doktorant Nargiza Inag'omova “Amarant o’simligini ekish muddatlari, sxemasi va chuqurligini ishlab chiqish (Toshkent viloyati tipik boʼz tuproqlar sharoitida)" mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari xulosalari haqida axborot berdi.
Ilmiy ishning maqsadi: Amarant o’simligining oq va oq gigant navlarini Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yetishtirishda ekish muddatlari, ekish usullari va ekish chuqurligini ishlab chiqishni ilmiy asoslab berishdan iborat.
Tajribalarida yosh tadqiqotchi kasallik va zararkunandalarga qarshi qo'llanilgan preparatlar o'simlikning o'sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmaganligi ma'lum qildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube