Doktorantlar_kuni

Haftaning har seshanbasida Milliy markazga doktorantlar jam bo'lishini kuzatuvchilarimiz yaxshi biladi. Bugun ham an'anaga muvofiq doktorantlar o'z ilmiy natijalarini ekspertlarga havola etishdi.
Birinchi taqdimotchi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Hamid Olimov o'zining "Gʻo‘za qator oralarida ko‘ndalang pollarni olish va ularni buzish jarayonlarini mexanizatsiyalash" mavzusida olib borayotgan tadqiqotlari xususida so'zlab berdi.
Tadqiqotchi o'z oldiga gʻo‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pol hosil qilish va ularni buzish jarayonini mexanizatsiyalash yo‘li bilan paxta yetishtirish orqali mehnat sarfini kamaytirib, ish sifati va unumini oshirish orqali paxta yetishtirish bilan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishishni maqsad qilgan.
Institutning tayanch doktoranti Umid Mo'ydinov "Anorzorlar qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina o‘gʻitlash apparatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash" mavzusida ilmiy izlanishida qo'lga kiritayotgan natijalari bilan o'rtoqlashdi.
Tadqiqotdan ko'zlangan maqsad anorzorlar qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlash apparatini ishlab chiqish, organik o‘g‘it, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirish orqali parametrlarini asoslashdan iboratdir.
Taqdimotlar bilan tanishgan ekspertlar taqdimotchilarga "Ushbu ilmiy ishlarning natijasidan jamiyat nechog'lik naf ko'radi?" - degan savolni qo'ydi. Doktorantlar o'z ilmiy ishlarini fakt va dalillar bilan himoya qilishga harakat qilishdi.
Ustoz olimlar tomonidan texnika ilmida olim tijoratlashtirishni o'ylab eng kamida 10 yildan keyin uchun yangilik bo'la oladigan innovatsiyani ishlab chiqish lozimligi, shuningdek suv tanqisligi, yerlarning sho'rlanishi kabi omillarni inobatga olgan holda ilmiy ish olib borishi haqida fikrlar bildirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube