Doktorantlar_kuni

YOSH TADQIQOTCHILAR ILMDAGI ILK NATIJALARINI TAQDIMOT QILDI
Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar ilmiy -tadqiqot institutining 1-bosqich tayanch doktoranti Jamoliddin Jabborov "Gʻo‘zaning yuqori tola chiqimi va sifatiga ega hamda biotik omillarga bardoshli birlamchi ashyolar yaratish" mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Bu haqida u bugun Milliy markazda bo'lib o'tgan "Doktorantlar kuni" seminarida ma'lum qildi.
Ekspertlarga tadqiqotdan ko'zlangan maqsadni quyidagicha bayon qildi: "Vilt bilan tabiiy zararlantirilgan muhitda g‘o‘zaning mahalliy nav va tizmalarini topkross usulida chatishtirish asosida yuqori tola chiqimi va sifatiga ega bo‘lgan, biotik omillarga (o‘rgimchakkana, shira, trips) bardoshli birlamchi seleksion ashyolarini me’yoriga yetkazish hamda tanlangan seleksion tizmalarni konkurs nav sinoviga topshirishdan iborat" deya ta'kidladi.
Tadqiqot obyekti sifatida g'o'zaning yangi "SP-2531", "SP-2532" navlari hamda
"K-2712" va "BML-408" tizmalari hamda otalik sifatida "S-8290", "Omad" g‘o‘za navlari va "MTCH-2736" tizmalari tanlab olingan.
Ekspertlar taqdimot bilan tanishganch, tadqiqotning ahamiyatini yuqori baholashdi. Biroq yaxshi natijaga erishish uchun ilmiy izlanishlarda izchillikka rioya etish va ustozlar fikrlarini inobatga olib tadqiqotni pishiq o'tkazishni ta'kidladilar.
Institutning yana doktoranti Husnora Husanboyeva esa "Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyani yomgʻirlatib sugʻorish tartibini ishlab chiqish" ustida tadqiqot olib bormoqda. U Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soyaning “Nafis” va “O‘zbek-6” navlarini sug'orishda suv tejovchi texnologiyalar bilan sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Nazorat sifatida an'anaviy sug'orish usuli bilan taqqoslayapti. Doktorant har ikkala usulda bir necha variantlarda o'tkazilgan sinovlar natijalarini xulosa sifatida ekspertlar hukmiga havola qildi.
Ekspertlar taqdimot bilan tanishganch, olingan natijalar va taqqoslovlarning qanchalik aniqligi to'g'risida va bu tadqiqotning ijobiy natija bilan yakunlanishiga ne chog'lik ta'sir ko'rsatishi xususida savollar berdi. Ustoz olimlar har ikkala doktorantga ilmiy ishni aniq, puxta va asosli izlanishlar bilan boyitish lozimligini ta'kidlashdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube