Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
An'anaviy "Doktorantlar kuni"ning bugungi taqdimotchisi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Tohirbek Ergashev. Yosh olim "Shaftoli (prunus persica) mevalarini sovutgichli omborda saqlash texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusidagi olib borayotgan tadqiqoti natijasini ekspertlarga taqdim etdi. Tohirbek Ergashev tadqiqotining ilmiy yangiligi sifatida O‘zbekiston sharoitida turli xil shaftoli navlarining saqlashdan oldin, saqlash jarayonida va saqlashdan keyingi fizik-kimyoviy, bio-kimyoviy tarkiblari, saqlanuvchanlik xususiyatlari o‘rganish va shaftoli mevalarini saqlanuvchanligiga pishish muddatlari hamda qadoqlash vositalarini ta'siri o‘rganish orqali tahlil qilganini ma'lum qildi. Ekspertlar tadqiqot ustida yanada ko'proq ishlash lozimligini, ilmiy tahlil va kuzatuvni oshirish lozimligini ta'kidlashdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.