Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dolzarb

Dolzarb
G'alla parvarishida dolzarb palla Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda 2026-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarni to'g'ri parvarishlash va bu borada amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bo'yicha hududlarda nazariy hamda amaliy seminarlar o'tkazilmoqda. Ana shunday seminarlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Mirishkor, Muborak, Nishon va Kasbi tumanlari fermerlari uchun tashkil qilindi. Seminar qatnashchilarga "Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti" ilmiy hodimlari tomonidan g'alla ekilgan maydonlarda muhim agrotexnik tadbirlarni o'tkazish, mo'l hosil olish uchun puxta hozirlik ko'rish, shuningdek, o'simlikni oziqlantirish bo'yicha agrotexnik tadbirlarini o'z vaqtida uyushqoqlik bilan amalga oshirish borasida ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. Web | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.