dolzarb_30 kunlik

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan 27 iyul kuni paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yig'ilishda g'o'zani parvarishlash va hosildorligini ta'minlash bo'yicha "dolzarb 30 kunlik" oyligi e'lon qilingan edi.
Shu bois ayni kunlarda viloyat hokimligi rahbarligida agrar soha xodimlaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, hududlar kesimida o'rganish va monitoring ishlari samarali olib borilmoqda.
Ishchi guruh Qarshi va Muborak tuman fermer, klaster paxta dalalarini ko'zdan kechirishdi.
Shuningdek, fermer va klasterlarga g'o'za parvarishi bilan bog'liq foydali tavsiyalar berilib, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida sifatli bajarilishida, g'o'za zararkunandalarga qarshi biomahsulotlar bilan ishlov berish jarayonlarida birgalikda ish olib borilmoqda.
Ma'lumot o'rnida: joriy yil viloyatda 136 ming gektar maydonda g'o'za parvarishlanmoqda.
Qarshi tuman hamda Muborak tuman fermer xo'jaligi va klasterlarga qarashli paxta maydonlarida ishchi guruh nazorat tadbiri