DON VА DUKKАKLI EKINLАR ILMIY-TАDQIQOT INSTITUTIDА BАYRАM SHUKUHI

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillik bayrami Respublikamiz miqyosida, joylarda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Konstitutsiya-kecha va bugun” deb nomlangan tadbir boʼlib oʼtdi.
Bayram tantanasida institut direktori R. Siddiqov soʼzga chiqib, Konstitutsiyamizning hayotdagi oʼrni va ahamiyatini keng targʼib etish, yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida boʼlgan oʼzgarishlar haqida batafsil toʼxtaldi.
Shuningdek, kelayotgan "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan institut rivojiga oʼz mehnatlari bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh agrar soha xodimlari direktorning “Faxriy yorliq”lari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube