Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yana bir yutuq

"Boshoqli don ekinlari seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnikasi" laboratoriyasi olimlari tomonidan kuzgi yumshoq bug‘doyning oʻta erta pishar “Asr jilosi” navi yaratildi.
Tur xili: Erythrospermum
Vegetatsiya davri davomiyligi: 190-200 kun
O‘simlik bo‘yi: 80-85 sm
1000 dona don vazni: 40-42 gr
Hosildorlik imkoniyati: 90-100 sentner
Nav mintaqa sharoitida optimal muddatlarda 4-4,5 mln ko‘chat qalinligida ekish tavsiya etiladi.
Donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari:
Kleykovina miqdori – 29-30%
Oqsil miqdori – 14,5-15 %.
Agar to‘g‘ri agrotexnik tadbirlar qo‘llanilsa nav kuchli don shakllantiradi.
Navning qo‘shimcha xususiyatlari:
Ushbu nav kasalliklardan septorioz, unshudring, fuzarioz hamda sariq zangga chidamlilik xususiyati yuqori
Qurg‘oqchilik, sho‘r va sovuqqa bardoshli.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube