Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

DRAYVER ILMIY LOYIHALAR MUHOKAMASI

DRAYVER ILMIY LOYIHALAR MUHOKAMASI
Bugun Milliy markazda "Drayver ilmiy loyihalari" muhokamasiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. Seminarda dastlab Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy- tadqiqot institutining texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori A.Rasuljonovning "Qishloq xoʻjaligi mashinalarining ish koʻrsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida nazoratlash va boshqarish" mavzusidagi taqdimoti tinglandi. A.Rasuljonovning ilmiy tadqiqot ishining maqsadi: tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini raqamli texnologiyalar asosida mashinalashgan usulda nazoratlash va boshqarish orqali yerlarga ishlov berish sifati va ekinlar hosildorligini oshirishdan iborat. Tadqiqotdan kutilayotgan natijalar: hozirgi kunda mavjudlariga nisbatan yuqori ish sifati hamda kam material-energiya hajmdorlikka ega boʻlgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ularni qoʻllash qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi va ekinlar hosildorligini 12-15 foizga oshiradi. Shuningdek, ish koʻrsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qiluvchi va boshqaradigan qurilmalar bilan jihozlangan tuproqqa ishlov berish mashinalari qoʻllanilganda ularning ishlov berish chuqurligi doimiy va uzluksiz ravishda masofadan boshqariladi. Eng muhimi, оlingan maʼlumotlarga tezkorlik bilan ishlov beradi va uzatadi. Natijada ekinlar uchun butun maydon boʻylab bir xil sharoit yaratiladi. Seminar yakunida mavzu yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi. Ekspertlar ilmiy ish yuzasidan taqdimotchidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ustoz olimlar tomonidan taqdimotchiga zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.