Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dual taʼlim – amaliy bilimlar maydonida

Dual taʼlim – amaliy bilimlar maydonida
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba maydonlarida dual taʼlim mashgʻulotlari tashkil etildi. Mashgʻulotlarni institutning Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri, katta ilmiy xodim Zafarbek Yakubov olib bordi. Unda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakultetining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi” yoʻnalishi 4–16-guruh talabalari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar institutning dala tajriba maydonlarida oʻtkazildi. Talabalar seleksiya jarayonlari, urugʻchilik asoslari hamda dukkakli don ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi boʻyicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. Dual taʼlim nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish, talabalarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni chuqur oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Bunday mashgʻulotlar yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.