Dual ta’lim amaliyoti – ilm va tajriba uyg‘unligi!

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari uchun navbatdagi dual ta’lim mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida institutning boy tarixi, ilmiy salohiyati, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishidagi innovatsion yondashuvlari hamda so‘nggi yutuqlari haqida keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi.
Talabalar zamonaviy laboratoriyalar faoliyati, tajriba maydonlaridagi amaliy jarayonlar va ilg‘or agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini real ilmiy muhitda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur hamkorlik yosh mutaxassislarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
#DualTalim #Agrotexnologiya #IlmVaAmaliyot