Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg'unligi

Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Dual ta’lim tizimi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy muassasalarda tashkil etilayotgan bunday amaliy mashg‘ulot jarayonlari talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida muhim o'rin egallaydi. Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti Biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar ilmiy muassasada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba maydonlari, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda seleksiya yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot oliy ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.