Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri

Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi. Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi. “Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.