Dunyodagi eng qimmat olma

Dunyoga mashhur "Qora olmos" olmalari dastlab Yangi Zelandiya seleksionerlari tomonidan yaratilgan. Ushbu olma navi Tibetda 3100 metr balandlikda yetishtiladi. Uning o'ziga xosligi u yetishtirilgan sharoitga bog'liq deb izohlanadi. Sababi, bog'lar Himoloy tog'lari soyasida o'sadi, bu holat ularni ko'pincha ekstremal iqlim sharoitlariga va harorat o'zgarishiga moslashuvchanligini oshiradi. Xitoylik fermerlarning mehnati va noyob tabiiy omillar tufayli olma noyob to'q binafsha rang va chiroyli tuzilishga ega bo'ldi. Vitaminlarga boy va sevsuvligi uning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Tashqi ko'rinishida pishgan olma olmosga o'xshaydi, shuning uchun ham unga "Qora olmos" nomi berildi.
"Qora olmos" olma navi sovuqqa chidamli, hasharotlar tomonidan changlanishga muhtoj emas.
Birinchi olma bog'i tibetlik bog'bonlar tomonidan 2011-yilda ekilgan. Uning maydoni 50 gektarga yaqin edi. To‘rt yil ichida 20 ming tup daraxt 50 tonnaga yaqin hosil berdi.
Xitoylik marketologlar ushbu olmalarni cheklangan miqdorda sotish orqali uni eksklyuziv mahsulotlar guruhiga kirg'izib, 6 -8 dona olmani o'z ichiga olgan maxsus sovg'a qutisiga joylashtirgan holda sotuvga chiqarishdi.
"Qora olmos" navli olmaning bir donasi 7 dollardan 20 dollargacha sotiladi.
Puxta o'ylangan marketing strategiyasi sabab hozirgacha bu olmalarni sotib olishni istovchilar oldindan buyurtma beradi va to'lovni amalga oshirganidan so'ng, unga mahsulot yetkazib beriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube