Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dushanba – ilg‘or xorijiy taqdimotlar kuni

Dushanba – ilg‘or xorijiy taqdimotlar kuni
Endi Milliy markazda haftaning har dushanba kuni “Ilg‘or xorijiy taqdimotlar kuni” sifatida seminarlar o‘tkaziladi. Bu haqida bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ma’lum qildi. – Bunda tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlaridan xorijiy ilmiy muassasalarga hamkorlik doirasida tajriba orttirishga borib kelgan ilmiy xodimlar yoki delegatsiyalar safar davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini, yangiliklarni tizimdagi barcha ilmiy jamoalarga ulashadi. Ko‘zlangan maqsad, ko‘rgan narsa ko‘rilgan joyida qolishi emas, aksincha ozgina bo‘lsada, chetda orttirilgan yangilik va bilimlar mamlakatimiz agrar sohasi ilm-faniga xizmat qilishidir, – dedi Sh. Otajonov Direktor o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov esa xodimlardagi ijro intizomi va ilmiy muassasalar bilan ishlash mexanizmlari haqida o‘z munosabatini bildirib, hisobotlarini o‘rganishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini tashkil etish masalasini ilgari surdi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.