Ekinlarning iqlimga mos yangi navlarini yaratish davr talabi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik илмий-тадқиқот институти tomonidan lalmi yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlarining qurg‘oqchilik va issiqlikka chidamli yangi navlarini yaratish va yetishtirishga oid ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda, ekinlarning global iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchan va tashqi muhitning stress omillariga chidamli yangi navlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ekinlarni yetishtirishda tuproq degradatsiyasi va eroziyani oldini olish uchun yangi resurstejamkor agrotexnologiyalarni joriy qilish, institutda ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalarni keng qo‘llash, lalmi yerlarga mos yangi ekin turlarini kiritish va yaylovlar bioxilma-xilligini saqlash borasidagi ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yosh kadrlarni xorijiy oliygohlarda ta’lim olishga yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube