Ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi tadqiqotlar

Biologik (mikrobiologik) preparatlar ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, aholi va atrof muhit uchun xavfsiz, tuproq unumdorligini tiklashga, rizosfera mikroorganizmlarini rivojlanishiga, tuproq va o‘simlikka polifunksional ta’sir mexanizmiga ega.
Gibberellin kislota (GA) va Indolil sirka kislotasi (IAA) qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishini kuchaytiruvchi, hosilning yiriklashishini ta’minlovchi fitogormonlar bo‘lib, tuproq mikroorganizmlari, rizosfera bakteriyalari, mikromitsetlar va sut achituvchi bakteriyalarning asosiy xususiyatlaridan biridir. Fitogormonlar o‘simliklarni o‘sishini stimullaydi va rivojlanishini kuchaytiradi. Bundan tashqari, mikroorganizmlar oqsil, aminokislotalar, vitaminlar va turli fermentlarni sintezlab, o‘simliklarning xususan, g‘o‘zaning moddalar almashinuvini jadallashtiradi, qo‘shimcha ozuqa bilan ta’minlaydi. Biopreparat bilan ishlov berilganda g‘o‘zaning shonalashi va ko‘sak hosil bo‘lishi jadallashadi.
Mikroorganizmlar o‘simliklarni mikro va makroelementlarni o‘zlashtirishiga yerdam beradi. Antioksidant moddalar o‘simliklarni oksidlanish stressidan himoya qiladi.
Biostimulyatorlar o‘simliklarni o‘sishini rag‘batlantirishdan tashqari sho‘rlangan stress sharoitga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari miroorganizlarning metabolitlari o‘simliklarning immun tizimini ham rag‘batlantirib turli zararkunandalar va kasalliklarga qarshi himoya reaksiyasini kuchaytiradi.
Sho‘rlangan tuproq remediatsiyasida - turli tuzlar bilan zararlangan tuproqni qayta tiklashda va hosildorlikni oshirishda mikroorganizmlar eng muhim o‘rinni egallaydilar. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutining Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi Go‘zal Qutlieva ham ayni yo‘nalishda tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Yuqoridagi videoda tadqiqot o‘tkazishda bevosita ishtirok etgan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyasi laboratoriya mudiri Jamshid Abdullaev tadqiqot natijalari xususida fikr bildirgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube