Eronlik mutaxassislar bilan ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Eron Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (ATMAK) raisi Hamid Reza Nami boshchiligidagi delegatsiya “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti”ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yaratilgan innovatsion ishlanmalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy va amaliy hamkorlik istiqbollari, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, hamda ilmiy-texnik tajriba almashish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube