Eskicha yondashuvlardan voz kechish vaqti keldi

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish uchun zamon bilan hamnafas bo‘lish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish har qachongidan ham muhim.
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning ta'kidlashicha, bugungi kunda yangiliklarni joriy etishdan qo‘rqmaslik kerak. Aksincha, kechagi tajribalarni tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan xatolardan saboq chiqarish va ertangi natija uchun bugungi kun talablari asosida ishlash lozim.
"Moziyga nazar solib, undan xulosa chiqarish kerak. Ammo kechagi usullar bilan bugungi natijani kutib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi doimiy izlanish, yangilanish va ilmiy yondashuvni talab qiladi", — deya ta'kidladi vazir.
Bugungi kun nafasi bilan yashagan, ilm-fan va innovatsiyalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etgan fermergina ertangi kunning mo‘l va barakali hosiliga erisha oladi.
Batafsil – videoda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram