Eslatma

Joriy yilning 4 avgust kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik II Forumi o‘tkaziladi.
Forumda O‘zbekistonning meva-sabzavotchilik sohasidagi fermerlar, qayta ishlovchilar, eksportchilar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, korxonalar va OAVlarining vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumda quyidagi dolzarb mavzularda prezentasiya va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
-Singapur, Germaniya, Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt davlatlari bozorlariga qanday eksport qilish mumkin?
-ShirinMeva agrobiznes mobil ilovasi taqdimoti;
-Tadbirkorlarning o‘zaro B2B uchrashuvlari;
-ShirinMeva agrobiznes jurnali faoliyati;
-Chet ellik importchilarning o‘zbek meva-sabzavot bozori;
-Meva va sabzavot ekinlari mahalliy navlarini yetishtirish;
-Anorchilar Assosiasiyasi tashkil topishi va faoliyati;
-Meva-sabzavotchilik sohasining bugungi holati va istiqbollari.
Forumni o‘tkazib yubormang!
Murojaat uchun tel.: +998902747787