Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

E'tirof

E'tirof
AKADEMIKLAR MILLIY MARKAZDA... Agrar soha ilm-fanida akademiklar soni 1 nafarga ortdi. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining professori, qishloq xo'jaligi fanlari doktori NAMAZOV SHODMON ERGASHOVICH O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi. Shodmon Ergashovichni qutlash uchun bugun Milliy markazda ilm ahli jam bo'ldi. Olim tomonidan yaratilgan g'o'zaning "Sulton" navi bugun Respublikamiz paxta maydonlarda ekilib keladi. Shodmon Namazov 5 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi va 9 nafar qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktorlariga ilmiy rahbar hisoblanadi. Tadbirda olimning ilmiy faoliyati, yutuqlari va eng avvalo insoniy fazilatlari e'tirof etildi. Kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi. Shuningdek, yaqin orada tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi" haqida ham muhokama bo'lib o'tdi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.