Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"EU ASK-FACILITY" VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

"EU ASK-FACILITY" VAKILLARI BILAN UCHRASHUV
Milliy markazga Yevropa Ittifoqining "EU ASK Facility" loyihasi vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan Milliy markaz direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov uchrashuv o'tkazdi. Xabaringiz bor, mazkur loyiha doirasida O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasida uzoq yilga mo'ljallangan strategiya ishlab chiqilgan. Ayni vaqtga qadar loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilib, bunda O'zbekistonga AKIS tizimi kirib keldi. Ilmiy-innovatsion faoliyat modernizatsiyasi amalga oshirildi. Endi mazkur loyihaning ikkinchi bosqichiga o'tish ko'zda tutilgan. Bunda aynan malaka oshirish, yetuk kadrlar tayyorlash va salohiyatni o'stirish, marketing hamda jamoatchilik bilan aloqalar kabi 50dan ortiq rejalar belgilab olindi. Milliy markazda bo'lib o'tgan uchrashuvda mazkur masalalar muhokama etildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldilar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.