Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

FAN, TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: OZUQA EKINLARI SOHASIDA YANGI ILMIY YONDASHUV

FAN, TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: OZUQA EKINLARI SOHASIDA YANGI ILMIY YONDASHUV
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasida fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan dual ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mazkur tizim doirasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun stansiya bazasida o‘quv-amaliyot jarayonlari tashkil etildi. O‘quv-amaliyot davomida stansiya bo‘lim boshlig‘i B. Suvanov tomonidan talabalarga bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan global iqlim o‘zgarishlarining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, ushbu omillarni yumshatishda ozuqa ekinlarining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yangi navlar yaratish, yuqori reproduksiyali urug‘lik yetishtirish, urug‘lik sifati va sertifikatsiya tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalarga ozuqa ekinlarini yetishtirishda innovatsion yondashuvlar, resurs tejamkor texnologiyalar hamda ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. Shu bilan birga, talabalarga qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarmoqdagi zamonaviy tendensiyalar hamda kelgusida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.