FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI

Joriy yilning 9-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va seriyali ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha institut rahbariyati va ilmiy hodimlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar jumladan “UzClassAgro” QK MChJ, “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik texnologik markazi” MChJ, “Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi” AJ, “Anor UpGrowth” MChJ, “Agrixim” QK MChJ va “BMKB-Agromash” AJ lar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yuqorida keltirilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan institutda yaratilgan yangi texnikalarni tijoratlashtirish, zamonaviy ko‘rinishda seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va keng ko‘lamda sotish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka kelishildi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI