FAO:"Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ishga tushadi

Bugun BMTning Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO)ning Turkiya va Markaziy Osiyo faollari online mulaqoti bo'lib o'tidi. Unda qishloq xo'jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi turkiy xalqlar ayollarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy va amaliy tajribalarini oshirish borasida yangi dastur ishga tushirilishi haqida so'z bordi.
Ushbu loyiha qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini osonlashtirish va shu asosda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Videokonferens-aloqa shaklida o'tgan muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan loyiha milliy koordinatori, Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Nabira Djumabayeva ishtirok etdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube