Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

FARG‘ONA VODIYSIDA QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARI BILAN TANISHISH DAVOM ETMOQDA

FARG‘ONA VODIYSIDA QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARI BILAN TANISHISH DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘ona vodiysida bo‘lib, bu yerdagi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, shuningdek boshqa soha tashkilot va korxonalari faoliyati bilan bevosita tanishmoqda.Qo‘qon shahrida Aziz Voitov “Zamin bog‘i”ga tashrif buyurdi. Uchko‘prik tumanidagi sobiq “Yangi dehqon” MMTP hududida tashkil qilingan ushbu bog‘da amalga oshirayotgan ishlar bilan tanishdi. Shundan keyin Oltiariq tumaniga yo‘l olgan vazir ushbu tumandagi “Nut fruts” agrologistika markazi faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot yetishtirish barobarida ularning logistikasi, yetishtirilgan mahsulotni mijozlarga o‘z vaqtida, sifatini yo‘qotmagan holida yetkazib berish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur agrologistika markazi vodiy fermer-dehqonlarining uzoqlarini yaqin qilib, ular yetishtirgan meva va sabzavotlarni nafaqat mahalliy, balki xorijiy bozorlarga ham yetkazish yo‘lida xizmat qilmoqda. Shundan so‘ng Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Farg‘ona viloyat hududiy Agroxizmatlar markazida bo‘ldilar, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijaviyligini o‘rgandilar. Shuningdek, vazir Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi — AKISning viloyatdagi bo‘limi binolarining qurilish jarayoni bilan tanishdi. #qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #klaster #Fargona VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.